Xitoy Xalq banki yuanning dollarga nisbatan kursini mustahkamladi

Iqtisodiyot 10:00 / 11.09.2017 12967

Xitoy Xalq (Markaziy) banki milliy valyuta – yuanning AQSh dollariga nisbatan kursini 0,05 foizga mustahkamladi. Bu 2016 yil may oyidan beri ilk marotaba amalga oshirilmoqda. Xalq banki ma'lumotlari shunday deyishga asos bo‘lmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti. 

MB 11 sentabr kuni yuanning dollarga nisbatan almashtirish kursini 6,4997 punktda to‘xtatdi. Bu o‘tgan hafta juma kunida qayd etilgan fiksingdan 35 punkt pastdir. O‘shanda yuan kursi 6,5032 ni tashkil etgan edi. Xitoy MB 11 ta savdo sessiyasi davomida milliy valyuta kursini mustahkamlamoqda. 

XXR bosh vaziri Li Ketsyan yil boshida aytganidek, Xitoy tashqi savdoga turtki berish uchun yuanni devalvatsiya (qadrsizlanishi) qilishga intilmaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: