O‘tgan oyda Yevropa yangi avtomobillar savdosida eng yaxshi natijaga erishgan bozorlar Top-5 ligi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, avgust oyida Germaniyada eng ko‘p mashina sotilgan, deb xabar qilmoqda «Avtostat» agentligi. O‘tgan oyda bu mamlakatda 253 679 avtomobil sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 foizga ko‘p demakdir.
Bu boradagi ikkinchi o‘rin Rossiyaga nasib etgan. Tahlilchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil avgust oyida bu davlatda 122 500 dan ortiq avtomobil sotilgan. Ekspertlarning qayd etishlaricha, Rossiya «Yevropa reytingi»da o‘z pozitsiyasini yaxshilashiga yoz mavsumida boshqa mamlakatlarda yangi avtomobillarga bo‘lgan talabning pasayishi sabab bo‘lgan.
O‘ziga xos reytingning uchinchi o‘rnida Fransiya joylashdi. Bu yerda avgust oyida jami 107 455 yangi yengil avtomobil xarid qilingan bo‘lib, bir yil avvlgi ko‘rsatkichdan 9,4 foiz ko‘p demakdir. Undan so‘ng, 83 363 dona avtomobil sotilgani bilan Italiya (o‘sish 15,8 foiz) bormoqda. Ta'kidlanishicha, ushbu raqam Italiya uchun 2009 yildan buyongi eng yaxshi natijadir.
Kuchli beshlikni Buyuk Britaniya 76 433 donalik ko‘rsatkich bilan (-6,4 foiz) yakunladi. Britaniya avtobozoridagi pasayish beshinchi oydirki davom etmoqda.