Bir necha kun avval Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi 5 metrlik X7 krossoverini namoyish qilgan edi. BMW nihoyat 6 o‘rindiqli 3 qatorli yirik yo‘ltanlamas ishlab chiqarishga qaror qilgani quvonarli, albatta. To‘g‘ri, hozircha, u kontsept, biroq uning seriyali namunasi kelasi yilda paydo bo‘lishi kutilayapti. Aytish mumkinki, tayyor yo‘ltanlamas prototipdan unchalik ham farq qilmaydi. Xo‘sh, yangi model avtomobil bozorida qanday mashinalar bilan xaridorlar ishonchi uchun kuch sinashishiga to‘g‘ri keladi? Dastavval, qisqacha BMW X7 haqida.
BMW X7
Prototipning to‘liq nomi BMW Concept X7 iPerformance deb nomlaangan. U gibrid agregat, 23 dyuymli disklar, 12,3 dyuymli elektron uskunalar paneli va ichki o‘rnatilgan diodli panoramali tomga ega. Uning texnik xususiyatlari borasida ma'lumotlar mavjud emas. Ammo, uzunligi – 5020 mm va g‘ildiraklar bazasi – 3100 mm ekani aniq.
Salonda 3 qator o‘rindiqlar joylashtirilgan. Har biriga alohida multimedia tizimi o‘rnatiladi. Mahalliy tarmoq orqali ma'lumotlarni alshmashish imkoniyati ham taqdim etiladi. Musiqa, surat, saytlarga havolalar bir ekrandan ikkinchisiga uzatiladi. Restoran manzilini esa, elektron pochtadan navigatsiya tizimiga yuborish ham mumkin.
Lexus LX
Eng katta «Leksus» ham 6 o‘rin va 3 qatorli o‘rindiqga ega bo‘lib, charm va noyob yog‘och bilan ishlov berilgan. Yo‘ltanlamasning 367 ot kuchiga ega benzinli 5.7 l V8 yoki 272 ot kuchiga ega 4.5 l V8 motorli namunasiga buyurtma berish mumkin.
Orqa qatorda ikkita 11,6 dyuym ekranli bir-biridan mustaqil multimedia tizimi mavjud. Oldinda kattagina sovutiladigan bo‘linma va qimmat Mark Levinson musiqa jihozlari o‘rnatilgan.
Infiniti QX80
Infiniti kompaniyasining eng yirik yo‘ltanlamasida 7 ta yoki sakkizta o‘rindiq joylashtiriladi. Uning kuch agregati 405 ot kuchiga ega 5.6 l V8 motori bo‘lib, 7 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi. U 7,5 soniyada «yuz»ga chiqa oladi.
Eng orqa o‘rindiqlariga DVD-multimedia tizimi, 7 dyuymli ekranlar, bir juft simsiz quloqchin taqdim etiladi. Iqlim nazorati va o‘rindiqlarni isitish ham yoddan ko‘tarilmagan.
Mercedes-Benz GLS
Germaniya avtomobilsozlarining yana bir vakili yirik «Mersedes» –X7 prototipidan ham kattaroqdir. U 249 ot kuchiga ega 3.0 l V6 dizel motori, 333 va 455 ot kuchiga ega benzinli dvigatellar bilan taklif etilmoqda. Bundan tashqari, kuchaytirilgan GLS 63 namunasi 585 ot kuchli 5.5 l V8 agregatga ega bo‘ladi.
Model jihozlariga uchinchi qator o‘rindiqlari, orqa o‘rindiqlarni isitish va multimedia tizimi ham kiradi.
Lincoln Navigator
Amerikanmen «Navigator» yo‘ltanlamasi 456 ot kuchiga ega bo‘lib, 3,5 l juft-turbo motor bilan 10 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisida harakatlanadi. Unga proyeksiya displeyi, atrofni namoyish qiluvchi kamera (360 daraja), adaptiv kruiz nazorati, uqalovchi old o‘rindiqlar.
Ikkinchi qatorda 2 ta 10 dyuym ekranli ko‘ngilochar tizim joylangan. Umuman, salonda 6 ta USB-tirqish, 4 ta 12 volt va bitta 110 voltli rozetka ham bor.
Cadillac Escalade
Escalade modelini uzunroq yoki kaltaroq namunasi mavjud. Yo‘ltanlamasga faqat bitta 409 ot kuchli, 6,2 l hajmli motor o‘rnatiladi va AUQ vositasida avtomobil harakatlanadi.
Ikkinchi qatorida 2 ta alohida o‘rindiq bo‘lib, tirsak qo‘ygichli va o‘rinni isitish tizimiga ega. Uchinchi qatordagi o‘rindiqlar elektruzatma yordamida yig‘iladi. Multimedia tizimiga 9 dyuymli ekran (uzunrog‘ida 2 ta displey), Blu-Ray qurilma va 2 ta simsiz quloqchin kiradi.