Biznesni sug‘urtalash standartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

Iqtisodiyot 18:36 / 11.09.2017 6588

Moliya vazirining  buyrug‘i (2017 yil 29 avgust) bilan Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Endi yetkazilgan zararlarning sabablari va miqdorlariga taalluqli qo‘shimcha hujjatlarni sug‘urtalovchi  tomonidan talab qilib olinishi uchun muddat cheklanmagan. Ilgari u sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan voqea sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabarni va ushbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin 3 bank kunini tashkil etardi.

Sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani sug‘urta hodisasi deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilish va zararning miqdorini aniqlash uchun yetarli bo‘lmagan hollarda sug‘urtalovchining harakatlariga ham tuzatishlar kiritildi. U quyidagilarga haqli:

•  sodir bo‘lgan voqeaning tafsilotlari, sug‘urta qildiruvchining ololmagan daromadlarni (yo‘qotish) sabablari va miqdorini ekspert baholash uchun mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qilish;
•  sodir bo‘lgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlash bo‘yicha boshqa harakatlarni amalga oshirish.

Ilgari sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchidan tushuntirishlar va tegishli qo‘shimcha hujjatlarni (buxgalteriya, bank hujjatlarini va b.), jumladan, dalolatnomalar hamda auditorlik va baholovchi tashkilotlarning xujjatlari va xulosalarini so‘rashga haqli ekanligi ham alohida belgilangan edi.

Nizomga boshqa ayrim tuzatishlar ham kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: