Erdo‘g‘an: Qozog‘iston bilan tovar aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchimiz 

Iqtisodiyot 12:43 / 09.09.2017 4664

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Anqara va Ostona o‘zaro tovar aylanmasi hajmini 5 mlrd dollarga qadar yetkazish niyatida. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Bugungi kunda davlatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi qariyb 2 mlrd dollarni tashkil etmoqda. O‘ylashimcha, bu chegara emas. Bizning vazifamiz, kelishib olganimizdek, tovar aylanmasi darajasini 5 mlrd dollarga yetkazish, sababi Qozog‘iston hamda Turkiyada buning uchun yetarli salohiyat bor», - dedi u.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar barcha sohalar – iqtisodiyot, madaniyat, siyosat, harbiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 3 kunlik rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga kelishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: