O‘zbekiston ishbilarmon doiralari Rossiyada 146 mln dollarlik eksport shartnomalari imzoladilar

Iqtisodiyot 10:29 / 08.09.2017 3795

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi «Tekstillegprom-2017» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston ishbilarmon doiralari 146 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzoladilar.

Ko‘rgazma ishida O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Germaniya, Italiya, Polsha, Niderlandiya, Portugaliya, Bolgariya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Belarus va Qirg‘iziston kabi 28 davlat vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonning 40 ta kompaniyasi vakillari yarmarkada Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash Fondi hamda «O‘zbekengilsanoat» AJ ko‘magida qatnashishdi.

O‘zbekiston milliy stendida mamlakatning tekstil mahsuloti, taklif etilayotgan xizmatlar sohasidagi salohiyati va imkoniyatlari keng taqdim etildi.

Yarmarka doirasida O‘zbekiston kompaniyalari yetakchi xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlikni o‘rnatish hamda rivojlantirishga kelishib oldilar.

Ko‘proq yangiliklar: