Ukraina davlat qarzi 76 mlrd dollardan oshib ketdi

Iqtisodiyot 11:08 / 06.09.2017 7327

Ukraina davlat qarzi 31 iyulga kelib 76 mlrd dollardan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlarida aytiladi.

2016 yilning dekabridan davlat qarzi taxminan 6 mlrd dollarga oshgan. 2014 yilgi hodisalarga qadar, 2013 yilning dekabrida Ukraina davlat qarzi 73,16 mlrd dollarni tashkil etgandi. 

Hozirgi vaqtda davlat qarzining umumiy miqdoridagi 37,44 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri kelsa, 26,6 mlrd dollar ichki qarzdorlikka aloqador – qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha majburiyatlar va moliyaviy tashkilotlar oldidagi qarz. Davlat tomonidan kafolatlangan qarz miqdori 12,02 mlrd dollarni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: