Rasmiy kurs ilk marta pasaydi

Iqtisodiyot 20:30 / 06.09.2017 198361

O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin konvertatsiya amaliyoti joriy etilgach, so‘mning AQSh dollariga nisbatan rasmiy qiymati birinchi marta pasayishi kuzatilmoqda.

Valyuta birjasidagi bugungi savdolarda 1 AQSh dollarining kursi 14 so‘mga pasayib, 8096 so‘mni tashkil etdi. 5 sentabr kuni kechqurun bir dollar 8110 so‘mga teng edi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Markaziy bank har haftada rasmiy kursni belgilar, har haftada dollarning rasmiy kursi bir maromda (30 so‘m atrofida) o‘sib borardi.

Prezident farmoni imzolandi: 5 sentabrdan O‘zbekiston banklarida valyuta erkin sotila boshlanadi

Markaziy bank so‘m devalvatsiyasi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Ko‘proq yangiliklar: