OAV: United Technologies aviatsiya tarixidagi eng yirik bitimlardan birini tuzdi

Iqtisodiyot 07:32 / 05.09.2017 4518

AQShning United Technologies Corp. korporatsiyasi aviasozlik sanoati uchun ehtiyot qismlar va elektron qurilmalar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri Rockwell Collins’ni 23 mlrd dollarga sotib olish bo‘yicha bitimga erishdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.   

Bu bitim aviatsiya tarixidagi eng yiriklaridan biri bo‘ladi. Rockwell Collins aksiyadorlari har bir aksiya uchun 140 dollardan naqd pul va qimmatbaho qog‘ozlar oladilar.

Ta'kidlanishicha, kompaniyaning sof qarzi ham kiradigan ushbu bitim qiymati 30 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi.  

United Technologies o‘zining aerokosmik bo‘limi va Rockwell Collins’ni Collins Aerospace Systems nomli yangi bo‘linmasida birlashtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: