Moskva viloyatida otishma: o‘quvchi sinfga bolta va pnevmatik qurol bilan kelgan
Moskva viloyatidagi Ivanteyevka aholi punktidagi maktab o‘quvchisi sinfga bolta va tutun tarqatuvchi shashkalar olib keldi, hamda pnevmatik qurol yordamida otishma sodir etdi.
IIVning Moskva viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, to‘rt kishi kasalxonaga olib ketilgan, 2002 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisining o‘zi politsiya xodimlari tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, o‘quvchi o‘qituvchining boshiga oshxona boltasi bilan urgan, petardani harakatga keltirgan va o‘q uzishni boshlagan, deb xabar berdi RIA «Novosti». Hodisadan so‘ng maktab evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid

19:46 / 09.03.2025
Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

22:26 / 02.03.2025
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishma yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi

00:59 / 08.02.2025
Bryusselda bir haftada ichida to‘rtinchi otishma yuz berdi

10:51 / 05.02.2025