Janubiy Koreyada mobil savdolar rekord o‘rnatdi

Iqtisodiyot 12:23 / 04.09.2017 3779

Iyul oyida Janubiy Koreya respublikasidagi mobil qurilmalar orqali amalga oshirilgan savdolar hajmi rekord o‘rnatdi. Dunyoning eng axborotlashgan mamlakatida smartfonlar ishtiroki tobora kengayib borayotgan bir vaqtda elektron savdolar ham o‘smoqda. Hukumat hisobotida shu haqda so‘z boradi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.

Unga ko‘ra, smartfonlar va tabletofonlar orqali xaridlar uchun pul o‘tkazmalari iyul oyida 4.01 trln von (3.6 mlrd AQSh dollari)ga yetgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,1 foiz ko‘p demakdir, deyiladi Koreya Statistika ma'lumotnomasida. 

Iyul oyida amalga oshirilgan jami internet xaridlarning 62 foizi esa aynan mobil to‘lovlarga to‘g‘ri keladi. 

Janubiy Koreyada mobil qurilmalar orqali xaridlar so‘nggi bir necha yil mobaynida o‘sib kelmoqda. Chunki mamlakat fuqarolari onlayn pul o‘tkazmalari uchun kompyuter o‘rniga “aqlli” qurilmalardan ko‘proq foydalanishmoqda. 

Xususan, mobil qurilmalar orqali sayohatga buyurtma berish va kinoteatrlar chiptalarini xarid qilish 25,1 foizga oshib, iyul oyida 674.8 mlrd vonga yetgan. Kosmetika mahsulotlari savdosi 26,8 foizga o‘sib, 315.4 mlrd vonni tashkil etdi. 

Liboslar savdosi 31,6 foizga o‘sgan va 415.6 mlrd vondan iborat bo‘lgan. Smartfonlar orqali sotilgan elektronika mahsulotlari miqdori 478.2 mlrd vonga o‘sgan. Bu 46 foizga ko‘payganini anglatadi. 

Ko‘proq yangiliklar: