Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2017 yilda 40 foizgacha o‘sishi mumkin

Iqtisodiyot 12:25 / 02.09.2017 5153

2017 yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida tovar aylanmasi 40 foizgacha oshishi mumkin, deb hisoblaydi RFning respublikadagi savdo vakili Aleksandr Yakovlev.

"Davlatlarimiz o‘rtasida tovar aylanmasi so‘nggi sakkiz oyda 34 foizga oshdi. Yil yakuniga ko‘ra barcha tovar aylanmasining o‘sishi prognozi 35-40 foiz atrofida", - dedi Yakovlev Qozog‘iston va Rossiya biznes-ombudsmanlarining birinchi forumi davomida.

Uning ta'kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi Qozog‘iston tovar aylanmasida birinchi o‘rinni egallaydi, Rossiyaning ulushi – 20 foiz, ikkinchi o‘rinda Xitoy, uchinchi - Italiya. "Qozog‘iston Rossiya tovar aylanmasida MDH davlatlari o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egallaydi va barcha mamlakatlar o‘rtasida o‘nlikka kiradi", - dedi Yakovlev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qozog‘iston iqtisodiyotiga har yili 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ kiritmoqda. Qozog‘iston esa RFga 2016 yilda 700 mln dollar yo‘naltirgan.

Ko‘proq yangiliklar: