Bitkoin kriptovalyutasining kursi shanba, 2 sentabr kungi savdolarda bir birlik uchun 5 ming dollardan oshib ketdi. Bu haqda Coindesk elektron kriptovalyuta birjasi saytida xabar qilingan.
Bitkoin kursi Toshkent vaqti bilan soat 8:25da bir birlik uchun 5013,91 dollarni tashkil qildi, biroq oradan o‘n daqiqa o‘tib narxi 5000 dollarga pasaydi. Bitkoin Toshkent vaqti bilan soat 14:55da 5,41 foizga arzonlashdi va 4,68 ming dollar turgan.
Coindesk’ning ta'kidlashicha, bu haftada bitkoin kursi 4700-4800 dollar atrofida o‘ynamoqda, bir safar esa 4221 dollarga ham tushib ketdi.
Avgust o‘rtasida bitkoin kursi bir birlik uchun 4 ming dollardan oshib ketib, tarixiy maksimumga erishgandi. O‘shanda kriptovalyutaning bozordagi qiymati 66,9 mlrd dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, ajralib chiqqan Bitcoin cash 3 foizni yo‘qotdi – uning kursi 311,11 dollarga teng bo‘ldi.
Avvalroq bitkoin bozor qiymati 4600 dollardan oshgani xabar qilingandi.