BRIKS Yangi taraqqiyot banki Rossiya bilan shu kunlarda ma'qullangan 460 mln dollarlik kredit shartnomasini shu yil oktabr oyida Moskvada imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda YaTBning Xitoy tomonidan vitse-prezidenti Chju Syan ma'lum qildi.
YaTB direktorlar kengashi 30 avgust kuni Rossiyaning 2013-2020 yillarga mo‘ljallangan infratuzilmalar va sud tizimini rivojlantirish maqsadli federal dasturi doirasida axborot texnologiyalarini joriy qilishga 460 million dollar ajratishni ma'qulladi, deyiladi bank xabarida.
"Biz kredit taqdim etish bitimi oktayabr oyida Moskvada imzolanishini kutayapmiz", — degan Chju Syan Bank bosh qarorgohining poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kredit ikki qismdan iborat bo‘ladi: 75 foizi bank mablag‘laridan, 25 foizi Rossiya hukumati hisobidan tashkil etiladi.
Yangi taraqqiyot banki BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) mamlakatlari tomonidan 2014 yil iyul oyida tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Shanxayda joylashadi. Eng yuqori sarmoya chegarasi 100 mlrd dollar etib belgilangan. Bankning asosiy vazifasi BRIKS va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdir.