«Paxtakor» aksiyalarining 80 foizi investorga sotiladi

Foto: Kun.uz
«PAXTAKOR» sport-mashg‘ulot o‘quv markazi» MChJ va «PAXTAKOR TENNIS ASe» MChJ «PAXTAKOR» futbol klubi»ga birlashtiriladi. Keyinchalik uning ustav jamg‘armasidagi 80 foizlik ulush «SFI Management Group» XK MChJga «nol» xarid qiymatida sotiladi, 20 foizi esa poytaxt hokimligida qoladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.
Shartnomaga ko‘ra, investor binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashni amalga oshirishi, ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq keltirishi shart hisoblanadi. Investitsiya majburiyatlarining umumiy hajmi – kamida 200 mlrd so‘m bo‘lib, ular biznes-rejalarga muvofiq 5 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Investor faqat o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargandan keyin ustav jamg‘armasidagi o‘z ulushini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. Ungacha investorning sotib olgan ulushiga bo‘lgan huquqi «tasarruf etish huquqisiz» qaydi bilan mulk huquqiga sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, hujjat bilan ayrim tashkiliy masalalar tartibga solingan hamda «PAXTAKOR» futbol klubi» MChJga va u tomondan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga imtiyozlar taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
O‘zbekiston | 07:50
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
Mavzuga oid

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

02:13 / 18.02.2025
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida

21:13 / 17.02.2025