RM Sotheby's savdo uyi sentabr oyida Londonda o‘tkazadigan savdolarga De Tomaso kompaniyasining so‘nggi avtomobili – Nuova Pantera prototipini qo‘ymoqda. U Marchello Gandini tomonidan ishlab chiqilgan. Kontsept uchun 70-90 ming funt sterling (90-116 ming AQSh dollari) olishni rejalashtirishmoqda.
Nuova Pantera prototipi 1999 yil sentabr oyida De Tomaso kompaniyasining 40 yilligini nishonlash tantanasida namoyish qilingan edi. Uning taqdimotini kompaniya asoschisining shaxsan o‘zi Alexandro De Tomazo o‘tkazgandi. Ishlab chiqaruvchi boshqa birorta avtomobil barpo qilmadi, De Tomazoning 2003 yilda vafotidan so‘ng, faoliyatini ham to‘xtatdi.
Kompaniya yopilgach, prototipni italiyalik avtokolleksioner xarid qildi, ikki yil o‘tgach, mashinani hozirgi egasi sotib oldi. Avtomobil saqlash mobaynida yetgan nuqsonlarni yo‘qotish maqsadida birmuncha restavratsiya qilingan.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, prototipning na intereri, na birorta texnik jihozi bor. Biroq RM Sotheby's ishonch bildirishicha, De Tomaso markasi muxlislari bu prototipni xarid qilishni xohlashadi.