Qirg‘iziston O‘zbekistonga 1,2 mlrd kilovatt-soat elektr energiya eksport qiladi. Bu haqda Qirg‘izistonda kuz-qish mavsumiga tayyorlik bo‘yicha respublika shtabi yig‘ilishida Qirg‘izistonning Milliy energetika xolding kompaniyasi raisi Oybek Kaliyev ma'lum qildi.
Uning aytishicha, O‘zbekistonga elektr energiya eksport qilish 16 iyunda boshlangan va bugungi kunda yetkazib berilgan elektr energiya hajmi 825 million kilovatt-soatni tashkil qilgan.
“Elektr energiya narxi bir kilovatt-soatga 2 sentni tashkil qiladi. Hozirda umumiy qiymatdan 9,3 mln dollari to‘lab berilgan, bu esa avval tuzilgan shartnomaga mos keladi. Umumiy hisobda eksport hajmi 1,2 mlrd kilovatt-soatni tashkil qiladi”, deb aytgan Kaliyev.
Qirg‘iziston hukumati ma'lumotiga ko‘ra, 1 avgustda Toktogul suv omboridagi suv hajmi 19,5 mlrd kub metrni tashqil qilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 mlrd kub metr ko‘proqni tashkil qiladi.