O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4200 so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot 14:36 / 28.08.2017 14497

28 avgust kuni O‘zbekiston Markaziy banki chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

O‘tgan haftaga nisbatan dollar kursi 28,05 so‘mga oshdi. Endilikda bir dollar 4210.35 so‘mni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, yevro kursi 39,73 so‘mga qimmatlashib, 4966,88 so‘mni tashkil etgan.

Ayni vaqtda 1 Rossiya rubli 71,18 so‘mga teng (+0,72).

Ko‘proq yangiliklar: