Boks bo‘yicha jahon chempionati–2017: Bokschilarimizning janglari ro‘yxati

Foto: aiba
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Jahon chempionati o‘yinlari start olganidan xabaringiz bor. 2 sentabrga qadar davom etadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida 85 ta davlatdan 289 nafar sportchi o‘z vaznlari toifasi bo‘yicha 10 ta oltin medalni qo‘lga kiiritish uchun kurash olib borishadi.
Kecha musobaqaning dastlabki kunida 91 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov nikaragualik Jyeffri Gonsales bilan ringga ko‘tarildi. Bahslashuvda raqibiga nisbatan katta ustunlikka ega bo‘lgan Sanjar Tursunov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi.
Sanjar keyingi saralash to‘qnashuvida argentinalik Yara Peraltaga qarshi ringga chiqadi. Jang 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Boshqa ishtirokchilarimiz quyidagi sanalarda va raqiblarga qarshi jangga kirishadi:
49 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta-Rika)
52 kg. Birinchi saralash bosqichi. 26 avgust
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Yankiel Rivera (Puerto Riko)
56 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston)
60 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Harri Garsayd (Avstraliya)/Karen Tonakanyan (Armaniston) g‘olibiga qarshi
64 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya)
69 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Nkumbu Silungve (Zambiya)/Yevgeniy Barabanov (Ukraina) g‘olibiga qarshi
75 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston)
81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)/Jyeysson Monroy (Kolumbiya) g‘olibiga qarshi
91 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina)
91+ kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kem Larssen (Daniya)/Karlos Masia (Angola) g‘olibiga qarshi.
Mavzuga oid

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

10:57 / 17.01.2025
Hamburgda 16 mingdan ortiq kishi GuMga qarshi namoyishga chiqdi

16:10 / 12.10.2024
Hamburgda Anna Politkovskaya maydoni paydo bo‘ldi

10:13 / 03.11.2021