Yangi Porsche Cayenne krossoverining ilk suratlari paydo bo‘ldi

Fan-texnika 22:44 / 26.08.2017 10628

Porsche avtomobilsozlik kompaniyasi yangi avloddagi Porsche Cayenne mashinasini 29 avgustda taqdim qilinishini rasman e'lon qildi. Hozircha esa mashinaning tashqi va ichki ko‘rinishi bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mashinaning suratlari AutoExpress saytida joylashtirilgan, biroq ayni vaqtda suratlar joylashtirilgan sahifa o‘chirib tashlangan.

Suratlardan Cayenne’ning yangi avlodi avvalgisiga nisbatan tub o‘zgarishlarga uchramaganini ko‘rish mumkin. Biroq mashinaning orqa qismi deyarli to‘liq yangilangan. Misol uchun, chiroqlar dizayni yangi Porsche Panamera modeliniki kabi bajarilgan, orqa spoyler esa ko‘proq ko‘zga tashlanuvchi qilib ishlangan. Ikkita to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi gazlarni chiqarish quvuriga ko‘ra suratda mashinaning ilk versiyalaridan biri tasvirlanganini taxmin qilish mumkin, uning qimmatbaho variantlarida quvurlar 4 ta bo‘ladi.

“Kayyen”ning ichki dizaynini yaratishda ham “Panamera”dan andoza olingan: kuch qo‘llagan holda boshqariladigan organlar miqdori ancha kamaygan, ular o‘rniga sensor panellar va ekranlar, jumladan axborot-ko‘ngilochar displeyi kelgan.

Yangi Porsche Cayenne Volkswagen Group konsernining MLB Evo platformasida yaratilgan. Bu platforma yangi Audi Q7’da ham qo‘llangan. Dastlab “Kayyen”ning 6 va 8 silindrli benzin dvigatelga ega versiyalari sotuvga chiqariladi. Uning dizel dvigatelli versiyalari chiqarilishi “dizelgeyt” mojarosi sababli hozircha ushlanmoqda.

Suratlar manbasi: kolesa.ru

Ko‘proq yangiliklar: