2017 yilning avgust oyida “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik tijorat Xalq banki uzoq muddatli/qisqa muddatli kredit reytingini “B/B” darajasida “Barqaror” deb tasdiqladi.
Xalq banki tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan samarali ishlar natijasida 2017 yilning 1 avgust holatiga:
- Bankning jami kapitali o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 98,4 mlrd.so‘mga ortib, 552,1 mlrd.so‘mni;
- Bankning jami aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 675,1 mlrd.so‘mga ortib, 5 147,9 mlrd.so‘mni;
- Aholi omonatlari qoldig‘i esa 412,7 mlrd.so‘mga yoki 20% ga ortib,
- 2 501,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
- Bank tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 103,4 mlrd.so‘m sof foyda olishga erishildi.
Bankning 198 ta filiali hamda ular tasarrufidagi 1 275 dan ziyod muassasalari orqali mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.