Jamoat transportiga ajratilgan yo‘lakdan harakatlanish qoidalarini buzganlar uchun jarima joriy qilinmoqda

O‘zbekiston 12:30 / 30.11.2024 4062

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mas’ul qo‘mita tomonidan jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasiga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda. Ushbu harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 875 ming so‘m) jarima belgilanmoqda.

Qonun loyihasi — Oliy Majlisning ikkala palatasi tomonidan tasdiqlanib, prezident imzolagach kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: