Konte Belotti transferini istamoqda, Abramovich bunga qarshi

«Torino» hujumchisi Andrea Belotti «Chelsi» qiziqishlari doirasida turibdi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, «ko‘klar» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte ushbu futbolchini klubda ko‘rishni istamoqda.
Ammo «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich ushbu 23 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashni istamayapti, futbolchining shartnomasida aynan shuncha mablag‘ ko‘rsatilgan.
Qayd etish kerakki, londonliklar klubi yozgi transferlar vaqtida bir hujumchi sotib olgan. Jamoa Alvaro Morata uchun «Real»ga 65 million yevro to‘ladi.
Bundan avvalgi xabarlarda Konte va klub rahbariyati jamoani rivojlantirish masalasida kelishuvga erisha olmayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025
Gvardiola Husanovning debyuti haqida: «Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, u hali yosh va albatta o‘rganadi»

14:12 / 25.01.2025