Xitoy Tyantszin universitetining bitiruvchisi, 23 yoshli Li Vensin ismli yigit o‘limidan keyin moliyaviy piramidalar bilan kurashish bo‘yicha kampaniyani boshladi. Yigit bunday piramidalardan biriga jalb qilingan bo‘lgan. Bu haqda China Daily nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Xitoyning jamoat xavfsizligi vazirligi hamda sanoat va savdo davlat ma'muriyati ularning nazorati ostiga jumladan xodimlar yollash agentligi ostida faoliyat yurituvchi moliyaviy piramidalar tushishi haqidagi xabarni chop etgan.
Nashrning ta'kidlashicha, piramidalarga qarshi kurashga 4 ta davlat tuzilmasi jalb qilinadi.
Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida oxirgi yillar moliyaviy piramidlar keng tarqaldi. 2016 yilda politsiya bu bilan bog‘liq 2826 ta holatni tergov qilgan, bu esa 2015 yildagidan 19,1 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.
2005 yildan 2015 yilgacha esa umumiy hisobda 21 904 ta firibgarlik sxemasi tergov qilingan.
Li Vensin Xitoydagi vakansiyalar sayti “Boss Chjipin” negizida qurilgan moliyaviy piramidalar tashkilotchilari qurboniga aylangan. Yigit bu sayt orqali ish qidirib, o‘z faoliyatini oddiy kompaniya ko‘rinishida olib boruvchi “De Beyley” moliyaviy piramidasiga ishga qabul qilingan. Ma'lum bo‘lishicha, bu piramida tashkilotchilari ishga kirganlarni garovda ushlab, ularga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llab, ularni qo‘rqitib, ular va ularning yaqinlaridan qimmatbaho buyumlar va pullar talab qilishgan. Li Vensin ana shunday qurbonlardan biri bo‘lgan.