O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2017 yil 1-choragi yakunlariga ko‘ra o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 marotabaga oshgan. Bu haqda ikki tomonlama hamkorlik, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiyalash bo‘yicha huqumatlararo komissiya yig‘ilishida Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ma'lum qildi.
Uning aytishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistondan mineral resurslar, paxta xom ashyosi, avtomobillar, tibbiyot buyumlari va dori-darmonllar import qilishga tayyor. “O‘z navbatida Qirg‘iziston oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoat, go‘sht-sut, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlarni eksport qilishga tayyor”, deb aytgan Jeenbekov.
Jeenbekovning aytishicha, savdo-iqtisodiy rejalarni amalga oshirish uchun mavjud to‘siqlar va cheklovlarni olish bo‘yicha faol ishlar zarur. Bosh vazirning ta'kidlashicha, Qirg‘izistonning avtomobil, havo va temir yo‘l aloqasi, sayyohlikni rivojlantirishdan manfaatdor.