Xitoy internet-giganti Tencent’ning 2-chorakdagi sof daromadi 70 foizga oshdi

Iqtisodiyot 21:40 / 16.08.2017 2555

Xitoy internet-giganti Tencent Holdings Ltd. joriy yilning 2-choragida sof daromadini o‘gshan yilning shu davridagiga nisbatan 10,73 mlrd yuandan 18,2 mlrd yuangacha (2,7 mlrd dollar) oshirdi.

Kompaniyaning daromadi mobil o‘yinlar sohasida tushum oshishi hisobiga oshgan. Kompaniyaning tushumi 59 foizgacha, ya'ni 56,6 mlrd yuangacha oshgan. Ikkala ko‘rsatkich ham bozorda kutilayotgan ko‘rsatkichlardan yaxshiroq bo‘lgan. 

1-chorakda Tencent’ning smartfonlar uchun o‘yinlar sotishdan qo‘lga kiritgan tushumi 54 foizga, ya'ni 14,8 mlrd yuangacha oshgandi.  

Xitoy kompaniyasining reklamadan olgan tushumi aprel-iyunda 55 foizga, ya'ni 10,1 mlrd yuangacha oshgan.

Kompaniyaga tegishli WeChat messenjerining faol foydalanuvchilari soni iyun oyining oxiriga 963 mln ni tashkil qilgan va bir yil ichida 19,5 foizga ko‘paygan. Shu bilan birga, QQ messenjeri foydalanuvchilari soni 3,9 foizga kamaygan.

Ko‘proq yangiliklar: