Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi sof daromadi 2017 yilning ilk 6 oyida 2016 yilning shu davriga nisbatan 11 marta kamayib ketib, 17,4 mld rublni tashkil qilgan. Bu haqda kompaniya saytida joylashtirilgan har choraklik hisobotda aytilgan.
2016 yil birinchi yarmida kompaniya sof daromadi 194,4 mlrd rublni tashkil qilgan.
«Gazprom» tushumni gaz sotishdan 5,5 foizga, ya'ni 1,43 trln rublgacha oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Kompaniyaning moliviy ko‘rsatkichlariga yevroning Rossiya rubliga nisbatan kursi o‘sishi hamda kompaniyada asosiy vositalarni qayta baholash putur yetkazgan bo‘lishi mumkin.