Xalqaro press klubning Andijon viloyatida o‘tayotgan sayyor anjumanida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov yer maydonlari kamligi tufayli viloyatda chorvachilikni rivojlantirishning imkoniyati yo‘qligi, shu sababli parrandachilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
— Aholining ehtiyojlari to‘la qondirilgan holda Afg‘onistonga 291 ming dona tuxum eksport qilindi, — dedi Sh.Abdurahmonov.
Shuningdek, viloyat hokimi hozir Andijonda eksportbop mahsulotlarni xorijga, jumladan qo‘shni Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlariga eksport qilish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi, kuniga 150-200 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinayotganini ta'kidlab o‘tdi.