Shvetsiyaning ko‘plab savdo kompaniyalari mamlakatda 2030 yilgacha naqd pul muomaladan yo‘qoladi, deb hisoblamoqdalar. Bu haqda Qirollik texnika universiteti ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda SvD nashri xabar bermoqda.
Universitet ilmiy xodimi Niklas Arvidssonning aytishicha, Shvetsiyaning aksariyat aholisi mamlakat banklariga ishonadi. Uning ta'kidlashicha, banklar uchun naqd bilan ishlash faqatgina xarajatlarni anglatadi.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Shvetsiyada naqdsiz ko‘rinishdagi to‘lovlar hajmi 80 foizni tashkil qiladi.