Fitch agentligi jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'atlarini qayta baholadi

Iqtisodiyot 17:03 / 10.08.2017 3652

Fitch reyting agentligi jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'atlarini qayta ko‘rib chiqdi. Reyting agentligi bu raqamni 2017 yilda 2,9 foizdan 3 foizga, 2018 yilda 3,1 foizdan 3,2 foizga o‘zgartirdi. 

Fitch bosh iqtisodchisi Brayan Kultonga ko‘ra, «qayta ko‘rib chiqish zarurati rivojlanayotgan bozorlar, xususan Xitoy tufayli paydo bo‘ldi». Fitch baholariga binoan, XXR iqtisodiyotida sekinlashuv kutilmoqda, shunga qaramay, o‘sish sur'ati sezilarli bo‘lib qoladi. U 2017 yilda 6,7 foizni tashkil etsa, 2018 yilda 6,3 foiz bo‘lishi taxmin qilinayapti. 

Agentlikning xabar qilishicha, AQSh YaIM ikkinchi chorakda 0,6 foizga o‘sgan. Bunga biznesga kiritilayotgan sarmoyalar asos bo‘lgan. Yevrohududda YaIM o‘sishi hm 0,6 foizni tashkil etgan, bunda Ispaniya va Fransiya ijobiy natija ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniyada YaIM o‘sishi 0,3 foizdan o‘zgarmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: