Xitoy Shimoliy Koreyaga maxsus bayonot bilan chiqdi

Xitoy KXDR raketa parvozini amalga oshirgach, ushbu davlatni keskinlikni yanada oshiruvchi harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qildi.
«Xitoy Shimoliy Koreyani BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyasiga rioya etish hamda Koreya yarim orolida keskinlikni yanada oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq Kim Chen In Shimoliy Koreya AQShning qit'adagi qismiga raketalar bilan zarba berishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid

14:08 / 07.02.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush tufayli o‘z raketalari aniqligini oshirdi

14:55 / 25.01.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shinlar yuborishga tayyorlanmoqda

12:10 / 21.01.2025
Zelenskiy asirga olingan KXDR askari so‘roqqa tutilgan videoni e’lon qildi

14:38 / 17.01.2025