Toshkentdan Orol dengizigacha avtoralli o‘tkaziladi

Fan-texnika 12:21 / 20.07.2017 12637

Shu yilning 2-9 avgust kunlari dunyoga mashhur Discover rallytour tomonidan Toshkent shahridan Orol dengizigacha bo‘lgan oraliqda 4000 kilometrlik ralli bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Kruz.uz.

Eng muhimi, bunda istagan fuqaro qatnashishi mumkin, faqat ishtirok etish uchun 1 850 000 so‘m to‘lasa kifoya.  

Musobaqa tashkilotchilari ishtirokchilarga barcha sharoitlar bilan qulayliklarni yaratishni va'da qilishmoqda. Ya'ni, rallida o‘z avtotransportlarida ishtirok etuvchi fuqarolarni sayohat davomida texnik yordam mashinalari kuzatib borishadi. 
 
Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad - avval dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining hozirgi holatini ko‘rish, insonlarning tabiat boyliklaridan unumsiz foydalanishlarining oqibatlarini dunyoga tanitib, bundan tegishli xulosa chiqarishdir.

Ko‘proq yangiliklar: