O‘zbekiston XMI bilan 3 oy ichida 413 mln dollarlik kredit kelishuvlarini imzoladi

Iqtisodiyot 08:50 / 19.07.2017 5578

O‘zbekiston hukumati 2017 yilning ikkinchi choragida xalqaro moliyaviy institutlar va donor davlatlar bilan 413,04 mln dollarlik to‘rtta kredit kelishuvini imzoladi. Loyihalarning umumiy qiymati 470,24 mln dollarni tashkil etadi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Jahon banki “Oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha kredit kelishuvini imzoladi. Loyiha qiymati 72,95 mln dollar, kredit esa - 42,2 mln dollarga teng.

Islom taraqqiyot banki “Qishloq joylarda zamonaviy turar-joylarni qurish” loyihasi uchun 300 mln dollar ajratdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki bilan “Oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha qiymati - 44,48 mln dollar bo‘lib, bank mablag‘lari hisobidan to‘la hajmda moliyalashtirilmoqda.

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi “Koson va Muborak tuman markazlari hamda Kitob-Shahrisabz yer osti suvlariga yaqin joylashgan aholi punktlarining suv ta'minoti tizimi rekonstruksiyasi” loyihasini amalga oshirish uchun 26,36 mln dollarlik hajmda kredit taqdim etdi. Loyiha qiymati 52,81 mln dollarga teng.

Ko‘proq yangiliklar: