Sayyoraning eng olis burchaklariga ham olib borish mumkin bo‘lgan mobil jarrohlik xonalari bir necha yuzlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin. Rossiyaning «Shvabe» holdingi Innoprom-2017 ko‘rgazmasi doirasida yangi, noyob mobil jarrohlik xonasini namoyish etdi. U Il-96-400T samolyotining bortida joylashgan.
Ishlanma “Amigo” (Avtonom mobil intellektual gibridli jarrohlik xonasi) deb nomlandi. Loyihani yaratishda Tyumendagi gibridli jarrohlik xonasining statsionar nusxasi asos qilib olindi.
Jarrohlik xonasi eng murakkab operatsiyalarni yuqori texnologiyali asbob-uskunalardan foydalangan holda bajarish imkonini beradi. Aviajarrohlik xonasining ustun jihatlaridan biri – barcha ichki a'zolar va tizimlarni tez hamda aniq tashxis qilishni jarrohlik amaliyoti bilan uyg‘un holda bajarish, amaliyotda bir necha jarrohlar guruhining turli anatomik sohalarda ishtirok etishi imkoniyati. Dunyoda birinchi bor murakkab operatsiyalarni qurilma va asbob-uskunalarni samolyot bortiga olib chiqmasdan bajarish imkoni paydo bo‘ldi.
Innoprom-2017 ko‘rgazmasi doirasida jarrohlik xonasi Il-96-400T samolyoti bortida qanday joylashishi ko‘rsatib berildi. Mobil jarrohlik xonasi bemorlar talabi bilan ham parvozlarni amalga oshirishi mumkin.