Xitoyda WhatsApp messenjeri qisman bloklandi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Xitoydagi internet-nazorat tizimlari mamlakatdagi foydalanuvchilar uchun ilova funksiyalarini cheklab qo‘ydi, natijada ko‘pchilik video va fotosuratlarni, ba'zilar esa – hattoki matnli xabarlarni ham yubora olmayapti.
Nashrning nomi oshkor etilmagan manbasining aytishicha, WhatsApp’ni bloklash g‘oyasi mamlakat rahbariyatidan chiqqan.
Avvalroq Xitoyda Vinni Pux taqiqqa uchragani xabar qilingandi.