Apple’dan yangilik: endi tezkor xizmatlarni barmoq izlari yordamida chaqirish mumkin

Apple kompaniyasi tezkor xizmatlarni barmoq izlarining ma'lum bir ketma-ketligi yordamida chaqirish usuliga patent oldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
AQSh patentlar va tovar belgilari boshqarmasi reyestrida e'lon qilingan ma'lumotda aytilishicha, yangi funksiya “an'anaviy usullardan foydalanish imkoni bo‘lmaganda” 911 raqamini terish imkonini beradi.
Shu tariqa, foydalanuvchi hattoki jinoyatchining yonida bo‘lganda ham, tezkor xizmatlarni chaqirishi mumkin. Masalan, 911 raqamini terishga buyruq sifatida barmoqlarning ma'lum bir ketma-ketligidan (o‘rta-jimjiloq-o‘rta) foydalanish mumkin, ularni daktiloskopik datchikka bosish lozim. Chetdan foydalanuvchi qurilmani ishlatishga urinayotgandek tasavvur uyg‘onishi mumkin.
Bundan tashqari, favqulodda vaziyatda bu funksiya faollashtirilganda, telefon audio yoki videoni yoza boshlashi, shuningdek, qurilmada saqlanuvchi shaxsiy ma'lumotni yashirishi mumkin.
Mavzuga oid

17:03
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025