FQB “aqlli” o‘yinchoqlar xavfidan ogohlantirdi

Fan-texnika 17:45 / 18.07.2017 7867

AQSh Federal qidiruvlar byurosi xaridorlarni “aqlli” o‘yinchoqlardan foydalanish xavfi haqida ogohlantirdi, deyiladi mahkama saytida.

FQBdan aniqlik kiritilishicha, internetga ulanishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar xaridorlarga xavf tug‘dirishi mumkin.

“Bolalarga mo‘ljallangan “aqlli” o‘yinchoqlar va ko‘ngilochar qurilmalar o‘z xatti-harakatini foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa asosida qurishga intilmoqda”, - deya ta'kidlab o‘tishgan mahkamadan.

FQB ma'lumotlariga ko‘ra, bunday o‘yinchoqlarda sensorlar, mikrofonlar, kameralar, GPS modullari bor bo‘lib, ular xaridorlar nutqini tanib olish hamda ularning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beradi.

Federal qidiruvlar byurosi o‘z bayonotida xaridorlarni o‘yinchoqni xarid qilishdan avval qurilma tomonidan ehtimoliy barcha bahsli harakatlar uchun yaxshilab tekshiruvdan o‘tkazishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: