Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun suhbatdan o‘tkazildi
Joriy yilning 12 iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun kelishildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga Sherali Rahmanov va yuriskonsult lavozimiga Amriddin Omonturdiyev, Davlat statistika qo‘mitasi yuriskonsulti lavozimiga Umid Bazarbayev, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi yuriskonsulti lavozimiga Xudoyor Masharipov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmua yuriskonsulti lavozimiga Sayyora Uzakova, “O‘zagrosug‘urta” AJ yuriskonsulti lavozimiga Umurzoqali Berdiyev, “O‘zbekenergo” AJ yuriskonsulti lavozimiga A'zam Mubarakov, Xorazm viloyati hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga Rustam Atajanov, Navoiy viloyati hokimligi bosh yuriskonsulti lavozimiga Farhod Kazakovni tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.
Nomzodlarning bilimi, shuningdek, ish tajribasi hisobga olinib, ular suhbatdan o‘tgan, deb topildi.
Mavzuga oid

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

12:29 / 28.01.2025
NHH loyihalarining jamoatchilik muhokamasi bo‘yicha topshiriq bajarilyaptimi?

21:06 / 06.01.2025
300 dan ortiq yoshlarga xalqaro imtihonlarni topshirish xarajati vaqtida qaytarib berilmadi

18:54 / 25.10.2024