Poroshenko Moldovaga hududiy yaxlitlikni tiklashda yordam berishga tayyor

Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning Moldova bosh vaziri bilan uchrashuv yakunida ma'lum qilishicha, Kiyev Kishinevga Pridnestrove ustidan nazoratni tiklashda yordam berishga tayyor. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.
«Biz, Ukraina, Moldova Respublikasi hududiy yaxlitligi, suvereniteti hamda 25 yil avval fitna tufayli Pridnestroveda hozir istiqomat qilayotgan yuz minglab kishilarga og‘ir oqibatlar keltirib chiqargan vaziyatni avvalgi holatiga tiklash uchun maksimal darajada ko‘mak berishga tayyormiz», - degan davlat rahbari.
O‘z navbatida, Moldova hukumati rahbarining aytishicha, Kiyev va Kishinev tomonidan Pridnestrovening blokadasi haqidagi xabarlar asossizdir.
Mavzuga oid

18:18 / 13.02.2025
Moldova mamlakatdagi Rossiya madaniyat markazini yopadi

09:23 / 13.02.2025
Ukrainada sobiq prezident Poroshenkoga qarshi sanksiyalar joriy qilindi

01:01 / 05.02.2025
Moldova Yevropa Ittifoqidan 310 mln yevro oladi

08:21 / 01.02.2025