Moldova mamlakatdagi Rossiya madaniyat markazini yopadi
Bunga RF dronlari Moldova havo hududini buzib kirayotgani va milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Foto: Getty images
Moldovada Rossiya fan va madaniyat markazi yopiladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
«Tashqi ishlar vazirligi 1998 yilda imzolangan madaniy markazlarni yaratish va faoliyat yuritish bo‘yicha Moldova-Rossiya hukumatlararo kelishuvini bir tomonlama bekor qilishga qaror qildi. Kelishuvni bekor qilish jarayoni tugallangach, Rossiya madaniyat markazi mamlakatimizda o‘z faoliyatini to‘xtatadi», — deyiladi idora xabarida.
13 fevral kuni Rossiyaning Kishinyovdagi elchisi Oleg Ozerov Moldova Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga tegishli nota topshirilgan.
Moldova Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, bunday qaror Rossiya dronlarining Moldova havo hududini buzishi va bu mamlakat milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani sababli qabul qilingan.
Avvalroq xorijda rus madaniyatini targ‘ib qiluvchi va xususan, Bokudagi Rossiya uyi (rus madaniyat markazi)ni boshqaradigan Rossotrudnichestvo federal agentligi Ozarboyjon hukumatidan faoliyati to‘xtatilgani haqida rasmiy bildirishnoma olgandi. Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakovga ko‘ra, Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi Bokudagi Rossiya uyi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmagani sababli faoliyati to‘xtatilgan.
Mavzuga oid

12:04
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

11:30
Rossiyada «Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha qamalgan shaxs 22 yildan keyin ozodlikka chiqdi

08:37
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi

23:20 / 23.04.2025