Ukrainada sobiq prezident Poroshenkoga qarshi sanksiyalar joriy qilindi
Ukrainaning sobiq prezidenti Poroshenko o‘zining ta’qib qilinishini «siyosiy sababga ko‘ra» deb atadi va bu «shaxsan Zelenskiyning» buyrug‘i bilan amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Foto: Kirill Chubotin / Keystone Press Agency / Global Look Press
Ukrainada Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi 12 fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xalq deputati, «Yevropa birdamligi» partiyasi yetakchisi va mamlakatning sobiq prezidenti Petr Poroshenkoga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Forbes Ukraine internet nashri ushbu cheklovlar mazmuniga aniqlik kiritmagan holda yozmoqda.
Siyosatchining o‘zi Facebookʼda e’lon qilgan bayonotida unga qarshi sanksiyalar qo‘llash qarorini «konstitutsiyaga zid» va «siyosiy sabablarga ko‘ra» deb atadi. «Ammo buyurtmachi, ijrochi va imzolovchi bitta — shaxsan Zelenskiy», — deya ta’kidladi Poroshenko.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 fevral kuni vatandoshlariga kundalik murojaatida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishi haqida gapirar ekan, «Ukrainani, Ukraina manfaatlarini, Ukraina xavfsizligini sotish orqali qo‘lga kiritilgan milliardlab pullar bloklanishi va Ukraina va ukrainaliklarni himoya qilish uchun ishlashi kerak», dedi. Biroq u aynan nima haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Petr Poroshenkoga nisbatan gumonlar
Forbes Ukraine eslatganidek, 2021 yil 21 dekabrda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi arafasida SBU Petr Poroshenko davlatga xiyonatda gumon qilinayotganini e’lon qildi. «U go‘yoki Viktor Medvedchukning sxemasida ishtirok etgan», deb yozadi nashr. SBU ma’lumotlariga ko‘ra, Poroshenko Janubiy Afrikadan ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatishga yordam bergan.
Petr Poroshenko 2014 yilning 7 iyunidan 2019 yilning 20 mayigacha Ukraina prezidenti bo‘lgan.
Mavzuga oid

22:48 / 12.05.2025
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?

16:55 / 12.05.2025
Rossiya va Ukraina 2022 yildan buyon ilk muzokaralarga tayyorlanmoqda. Otishmalar davom etmoqda

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

14:24 / 12.05.2025