Ekspertlar hayratda: Xitoy YaIM joriy yilning 2-choragida qariyb 7 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 08:55 / 17.07.2017 8510

Xitoy YaIM 2017 yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha 6,9 foizga o‘sdi. Bu rasmiy taxminlar va ekspertlar bashoratidan yaxshiroq. 

"Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, Xitoy YaIM 2017 yilning ikkinchi choragida 6,9 foizga o‘sdi", - deyiladi Xitoy davlat statistika byurosi hisobotida.

Tegishli ravishda, Xitoy YaIM joriy yilning birinchi yarim yilligida 6,9 foizga o‘sdi.

Ko‘rsatkich rasmiy taxmin va ekspertlar bashoratidan yaxshiroq bo‘ldi. Tahlilchilar YaIMning o‘sishi ikkinchi chorakda 6,8 foiz bo‘lishini bashorat qilishgandi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassislari esa 2017 yilda YaIM o‘sishi 6,7 foiz bo‘lishini taxmin qilishgan.

Mamlakat hukumati joriy yilda YaIM o‘sishini 6,5 foiz va undan yuqori darajada belgilagan.

2016 yilda Xitoy YaIM o‘sishi biroz pasayib, 6,7 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 26 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkichga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: