Doha BAAni ayblab chiqdi

Doha Qatar davlat axborot agentligiga kiberhujumda BAAni aybladi. Bu holat Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasida inqirozni yuzaga keltirgan, deb xabar bermoqda Reuters.
Avvalroq The Washington Post’da Qatar OAVga hujum BAA tomonidan tashkillashtirilgani haqida maqola e'lon qilindi.
«The Washington Post’da e'lon qilingan ma'lumot BAA va Amirliklarning yuqori mansabli amaldorlari Qatar yangiliklar agentligiga uyushtirilgan xakerlik hujumiga aloqador ekanini ko‘rsatdi», - deyiladi Qatar hukumati bayonotida.
Qatardagilarning ta'kidlashicha, Amerika nashrining maqolasi «kiberhujum holatini aniq isbotlaydi».
BAAning AQShdagi elchisi esa bu maqolani yolg‘on, deb atagan.
Mavzuga oid

20:43
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

16:33 / 24.02.2025
Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi

18:10 / 03.02.2025
Reuters: Putin va Tramp Saudiya Arabistoni yoki BAAda uchrashishi mumkin

15:22 / 01.02.2025