Yaponiyaning mashhur avtomobilsozlik korxonalaridan biri Honda kompaniyasi 10-avlod Accord modelini namoyish etdi. Model atmosferalidan turbomotorliga aylanib, 1,5 litrli dvigatel va 10 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisiga ega bo‘lgan.
Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Accord «noldan» boshlab ishlab chiqilgan: u qattiq, ammo yengil kuzovga ega bo‘lgan. Yangi shassi, yangi dvigatellar qatori, salon ichida shovqinni pasaytiruvchi faol tizimli yaxshilangan shovqin izolyatsiyasiga ega bo‘lgan.
Avtomobil qisqaroq, pastroq va kengroq bo‘lgan. Bundan tashqari, kengaytirilgan g‘aldiraklar bazasiga ega bo‘lgan. Uning vazni 50-80 kggacha yengillashgan.
Avtomobil saloni ham kengaygan. Yukxonasi 28-90 litrga kengayib, to‘plamidan kelib chiqqan holda 472 litrgachani tashkil etishi mumkin.
Shunday qilib, «o‘ninchi» Accord modeli 4 silindrli turbodvigatellar bilan ishlab chiqariladi. Uning boshlang‘ich to‘plamiga 192 ot kuchli motor joylanadi. Uni olti diapazonli MUQ bilan birga Sport to‘plamida buyurtma berish mumkin.
Avvalgi 6 silindrli, 3.5 litrli dvigatel o‘rnini 2 litrli, 252 ot kuchiga ega bo‘lgan motor egallagan. U 10 bosqichli AUQ hamkorligida mashinani harakatga keltiradi. Uning Sport to‘plamiga MUQ o‘rnatiladi.
Model gibrid namunasini saqlab qoladi. Kompaniya u haqdagi ma'lumotlarnii keyinroq taqdim etishni rejalashtirgan.
Model jihozlariga proyeksiya displeyi, 7 va 8 dyuymli uskunalar paneli hamda multimedia displeylari kiradi. 450 vattlik audiotizim, smartfonni simsiz quvvatlash qurilmasi va uning NFC bo‘yicha ulanishi, 4G LTE tarmoqlari orqali internetga ulanadigan Wi-Fi nuqtasi, avtomobilni masofadan boshqarish imkoniyatini beruvchi tizimlar ham shular jumlasidan.
Avtomobil yana moslashuvchan amortizatorlar va mashina ishlashining ikki xil – Normal, Sport va Econ sozlamalari bilan mijozga yetkaziladi. Ular tezlik pedalining bosilishi, rul boshqaruvi sozlamasi, amortizatorlar qattiqligi va uzatmalar qutisini boshqaradi.