iPhone 8 kamerasining bosh xususiyati oshkor qilindi

Fan-texnika 23:10 / 13.07.2017 23345

Apple kompaniyasi yangi iPhone 8’ning kamerasi uchun lazerli datchik ustida ish olib bormoqda. Bu haqda anonim manbaga tayanib Fast Company xabar bergan. Lazerli datchik fotosuratlar sifatini oshiradi va to‘ldirilgan reallikda obektlarning tasvirini yaxshilaydi.

Qayd etilishicha, Apple VCSEL lazer datchigidan foydalanishni mo‘ljallamoqda. Uning yordamida smartfon sahnaning chuqurligini aniqlay oladi, ya'ni kadrdagi turli obektlar orasidagi masofani farqlaydi. Shunday qilib, to‘ldirilgan reallikda obektlarning joylashishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, lazerli datchik oddiy s'yomka vaqtida avtofokusning sifati va tezligini oshiradi.

«VCSEL lazerli tizimi obektdan datchikkacha lazer o‘tuvchi masofani aniqlab beradi. Tizim manba (SCSEL lazeri), obektiv, datchik va protsessordan iborat. Bularni oshkor etgan manbaning ta'kidlashicha, bitta smartfonga bunday tizim o‘rnatilishi ikki dollarga tushadi», — deyiladi xabarda.

Iyul oyi boshida o‘tkazilgan WWDC 2017 konferensiyasida Apple to‘ldirilgan reallik uchun ARKit tizimini taqdim etgan edi. Tizim yil oxirida iOS 11 relizidan so‘ng foydalanishga topshiriladi.

Yangi iPhone’ning taqdimoti kuzda Apple’ning yillik konferensiyasi chog‘ida bo‘lib o‘tadi. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon 5,8 dyuymli, piksellar zichligi 521 ppi bo‘lgan OLED-displey bilan ta'minlanadi. Shuningdek, u simsiz quvvatlash qurilmasi bilan birgalikda sotilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: