O‘zbekistonda bir soat davomida to‘lov terminallari ishi to‘xtab qoldi

Fan-texnika 12:10 / 12.07.2017 36764

UZCARD tizimida vaqtinchalik uzilish kuzatildi. 2017 yilning 11 iyul kuni soat 16:05 dan 17:05 ga qadar O‘zbekistonda to‘lov terminallari ishi to‘xtab qolgan.

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining xabar berishicha, ushbu vaqt davomida mobil POS-terminallarning protsessing markazi serverlari bilan aloqasi yo‘qolib qolgan. Hodisa aloqa uskunalari ishidagi uzilishlar tufayli ro‘y bergan.
 
Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi PR-xizmati vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.

 

Ko‘proq yangiliklar: