Video: 1000 ot kuchiga ega elektrokar soatiga 380 km tezlikka erishdi

Fan-texnika 13:50 / 11.07.2017 12596

Elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Lucid Motors kompaniyasi 1000 ot kuchiga Air elektrokarining soatiga 377,29 km tezlikka erishgani qayd etilgan videoni namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchi aprel oyida ushbu avtomobilning soatiga 350 kmga chiqqanini ko‘rsatgan edi. Biroq, o‘shanda tezlik dasturiy ta'minot vositasida cheklangani ma'lum bo‘ldi. Yangi natija ushbu avtomobilning haqiqiy eng yuqori tezligidir. 

Sinov jarayoni Ohayo shtatidagi maxsus aylana tezlik yo‘lida bo‘lib o‘tgan. Unda test prototipidan foydalanilgan.

Lucid Motors kompaniyasida ta'kidlashlaricha, yuqori natijaga qaramay, bu seriyali avtomobil ega bo‘ladigan yakuniy eng yuqori tezlik emas. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi qanday tezlik birligini eng yuqori natija sifatida qayd eitishi ham noma'lum. 

Lucid Air elektrokari o‘tgan yilda namoyish qilingan edi. 4 eshikli mashinaga jami 1000 ot kuchli 2ta elektromotor o‘rnatilgan. U soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Avvalroq, avtomobilning eng yuqori tezligi soatiga 315 kmni tashkil etishi xabar qilingan edi. 

Seriyali avtomobilga 2 to‘plam akkumulyator o‘rnatiladi. Ularning hajmi 100 yoki 130 kVt*soatni tashkil etadi. Avtomobil bir marta quvvatlangach, 640 kilometrlik masofani ortda qoldira oladi. 

Lucid Air kelasi yildan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning narxi 100-160 ming dollar bo‘lishi taxmin qilinayapti.

Ko‘proq yangiliklar: