Ilon Mask dunyodagi eng katta litiy-ionli akkumulyatorni zudlik bilan ishlab chiqishni va'da qildi

Fan-texnika 10:10 / 11.07.2017 6852

Ilon Mask u boshqarayotgan Tesla kompaniyasi Janubiy Avstraliya uchun jahondagi eng katta litiy-ionli akkumulyatorni 100 kun ichida yaratishini va'da qildi. Bu akkumulyator energiyani to‘plab, ob-havoning avzoi buzilishi tufayli elektr ta'minoti uzilgan vaqtlarda undan foydalanish imkonini beradi. Loyiha chindan ham ulug‘vor, uni amalga oshirish uchun ajratilgan vaqt esa o‘ta qisqa, deb yozmoqda Hi-news.ru

Tesla rahbari Ilon Mask 2017 yilning martida bir vaqtning o‘zida quyosh energiyasidan tok yetkazib beruvchi SolarCity firmasiga ham egalik qiluvchi uning elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ob-havoning noqulayliklari sababli elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatiluvchi Janubiy Avstraliya hududidagi muammolarni hal qila olishini va'da qilgan edi. 

Ilon Mask Twitter’da o‘z niyatlarining jiddiyligini bayon qilgan — yo uning kompaniyasi 100 kun ichida vazifani uddalaydi, yoki u bu ulug‘vor tizimning montaji uchun pul olmasdan, tekinga tashlab ketadi. Tesla Janubiy Avstraliyada dunyodagi eng katta litiy-ionli akkumulyator barpo etish uchun tenderni yutib olgan.

Bu tenderni Tesla 91 ta kompaniya ichidan yutib olgan, bunga nafaqat Ilon Maskning obro‘si va u erishgan haqqoniy natijalar, shuningdek, uning o‘ta tantanali va'dasi ham sabab bo‘lgan. Kompaniya rejalariga ko‘ra Janubiy Avstraliyaga 100 megavattli litiy-ionli energiya saqlovchi akkumulyator yetkazib beriladi.

Agar bu gigant batareya yaratilsa, u shu paytgacha ishlab chiqarilgan litiy-ionli batereyalar ichra eng yirigi bo‘ladi. Unda Tesla’ning 2015 yilda ilk bor namoyish etilgan Powerpack tizimidan yanada keng miqyosda foydalanilsa kerak.

Akkumulyator shamol yordamida ishlab chiqariladigan energiyani saqlashga mo‘ljallanmoqda. Tesla Powerpack tizimi bu hududlarga xos bo‘lgan shamollarni tiklanuvchi energiya manbaiga aylantiradi.

Bu sistemaning xususiyati shundan iboratki, u masalan, quyosh energiyasini foydalanishga ehtiyoj kamaygan vaqtlarda yig‘ib, zaruriyat tug‘ilgan vaqtda uni xarjlash imkonini beradi. Bunday yondashuv xarajatlarni va tiklanmas energiya manbalariga qaramlikni kamaytiradi.

Barpo etilayotgan akkumulyatordan 30 mingta uyni tok bilan ta'minlash mumkin bo‘ladi. 

Tesla ikki yil muqaddam Powerwall va Powerpack tizimlarini taqdim etgach, kompaniya yanada taraqqiy etdi. Tesla allaqachon Havai orollaridan biri — Kauaini energiya bilan ta'minlashni yo‘lga qo‘ygan. Buning uchun Powerpack texnologiyasi asosida ishlovchi, quyosh energiyasini tokka aylantiruvchi quvvatlar ishga solingan.

Shunday qilib, Janubiy Avstraliya uchun mo‘ljallangan loyiha avvalo shaxsan Ilon Mask tomonidan o‘rnatilgan vaqt intervali evaziga nihoyatda ambitsiyali ko‘rinish kasb etayotgan bo‘lsa-da, agar u muvaffaqiyatli amalga oshirilgudek bo‘lsa jahon aro Tesla qisqa vaqt ichida ulug‘vor ishlarni bemalol amalga oshira olish qudratiga ega kompaniya nufuziga ham ega bo‘ladi.

Xo‘sh, Tesla dekabrgacha ana shunday akkumulyatorni yarata oladimi? Buni vaqt ko‘rsatadi...

Ko‘proq yangiliklar: