Tezlik — bu nisbiy kattalik. Siz yo‘l yoqasida turgan daraxtga nisbatan, yoki Avstriyaning ayrim shaharlaridagi YHQ bandlariga ko‘ra, juda tez bo‘lishingiz mumkin. Ammo, siz quyidagi ro‘yxatdagi avtomobillardan birortasini boshqarib ko‘rmagan ekansiz, tezlik haqida tasavvurga ham ega emassiz. Ishonavering. Demak, tanishing, umumfoydalanishdagi yo‘llarda uchratish mumkin bo‘lgan eng tez avtomobillar o‘nligi!
Aston Martin One-77: 355 km/s
Buyuk Britaniyada ishlab chiqariluvchi avtomobilning motor bo‘limida 7,3 litr hajmdagi V12 silindrli 700 ot kuchiga ega dvigatel joylangan. U 6 bosqichli sekvental uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. U 3,5 soniyada soatiga 100 km tezlikka erishadi.
Lamborghini Veneno: 355km/s
Kupe 750 ot kuchiga ega 12 silindrli, 6,5 litrlik motor va 7 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. Superkar 2,8 soniyada «yuz»ga chiqadi. Mashinaning bozor narxi 7 mln yevro atrofida.
Noble M600: 362 km/s
Britaniyaning yana bir superkari. 4,4 litrli V8 motor 650 ot kuchiga ega. Mashinada ot kuchini 450 va 550 bilan cheklovchi tugmacha ham bor.
Zenvo ST1: 375 km/s
Orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan Zenvo ST1 superkari 7.0 litr, 8 silindrli, mexanik kuchaytirgich va turbinali benzinli motor bilan jihozlangan. Olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlaydigan dvigatel 1430 Nm aylanish lahzasida 1104 ot kuchiga ega bo‘ladi.
McLaren F1: 386,4 km/s
Afsonaviy F1 superkarining 6,1 litr, atmosferali 12 silindr motori 636 ot kuchini beradi. Kupe 3,2 soniyada «yuz»ga chiqadi.
Saleen S7: 399 km/s
2005 yilda S7 ikki turbinali dvigatelga ega bo‘ldi. Buning natijasida uning kuchi 750 ot kuchiga teng bo‘ldi. Bunday superkar joyidan soatiga 100 km tezlikka erishish uchun 2,8 soniyadan ko‘proq vaqt sarflaydi.
Koenigsegg Regera: 400 km/s
Regera – 5.0 litr, V8 juft-turboli gibrid bo‘lib, uchta elektromotorga ham ega. Akkumulyatorlar to‘plami va maxsus ishlab chiqilgan KDD transmissiya bilan jihozlangan. Umumiy quvvati – 1500 ot kuchi. Superkar 2,8 soniyada 100 km tezlikka erishadi.
SSC Ultimate Aero: 412,22 km/s
SSC Ultimate Aero superkariga 6,2 litr, 8 silindr, 1183 ot kuchiga ega benzinli dvigatel o‘rnatiladi. U ham 2,8 soniyada «yuz»ga chiqadi.
Bugatti Chiron: 420 km/s
Chiron 500 ot kuchiga ega W16 dvigateli va 7 diapazonli, ikki siquvchili, avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Chiron soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada chiqadi. 6,5 soniyada 200 kilometrga, 13,6 soniyada 300 kilometr tezlikka erishadi.
Hennessey Venom GT: 435,3 km/s
Hennessey superkari modifikatsiyalangan Lotus Elise platformasida ishlab chiqilgan. Unga 7 litr, 8 silindrli, ikki turbinali dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, 1244 ot kuchiga ega. Har bir mashina narxi 1,2 million AQSh dollari turadi.