Beeline “Oy” va “Oy+” internet-to‘plamlarining narxini o‘zgartirmay hajmini 87%gacha oshirdi

Fan-texnika 12:10 / 11.07.2017 27442

Aloqa operatori Beeline “Oy” va “Oy+” internet-to‘plamlarining hajmini 30%gacha oshirgani haqida e'lon qiladi. Bunda 2017 yilning boshidan internet-to‘plamlarning hajmi 70%dan 87%gacha oshdi, narxlar esa avvalgi darajada saqlanib qolindi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Maqsadimiz oddiy: abonentlarga yangi imkoniyatlarni taqdim etgan holda Beeline‘ning mobil Internetini eng sifatli va hammabop bo‘lib qolishidir. Taklif etilayotgan to‘plamlarning hajmi oshishi bilan birgalikda tashqi kanalning doimiy ravishda kengayishi, shuningdek 4G tarmog‘ining rivojlanishi bu masalani muvaffaqiyatli yechishga imkon yaratadi”.

Har oy avtomatik tarzda uzaytiriladigan “Oy+” internet-to‘plamlari:

“Oy” internet-to‘plamlari 30 kun muddatga taqdim etiladi: 

Qo‘shimcha ma'lumotga ega bo‘lish, shuningdek internet-to‘plamlarni yoqtirish uchun beeline.uz saytiga, yoki Beeline Uzbekistan mobil ilovasiga tashrif buyuring.

Ko‘proq yangiliklar: